Hurmatli foydalanuvchi!
Sizga Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektoriga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega bo'lib hisoblanadi.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so'raymiz:
Murojaat yo'llayotganingizda familiyangiz, ismingiz, otangizning ismi, yashash joyingiz to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatingiz mohiyati to'liq va tushunarli bayon etilgan bo'lishi shart.
Alohida e'tibor bering!
Tuhmat, haqoratli so'zlar ishlatilgan va yolg'on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin.
Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkin:
- odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, turli xil ma'nosi bo'lmagan takliflar va shunga o'xshash murojaatlar);
- murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo'lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo'lmagan murojaatlar.
Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo'yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda, agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko'rib chiqilmaydi.